NASA

NASA (Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi) — AQSh hukumatiga qarashli muassasa. Aeronavtika bo’yicha milliy boshqarma nomi bilan 1915 yil tashkil qilingan, 1958 yildan hoz. nomi bilan atalgan. Kosmik uchishlar dasturini ishlab chikish, kosmik kemalar (kk) yaratish, ularni zarur asboblar bilan jihozlash va boshqa amaliy ishlar hamda nazariy ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanadi. Ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, xususiy firmalar tomonidan hamda NASA ilmiy tadqiqot markazlari, shu jumladan, reaktiv dvigatellar lab. va kosmik nurlanishlarning kk ga va insonga ta’sirini o’rganish laboratoriyada bajariladi. Nazariy ishlar oliy o’quv yurtlari hamda boshqa shu sohadagi ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda olib boriladi.