NATSIONAL-SOTSIALISTLAR

NATSIONAL-SOTSIALISTLAR — Germaniya Natsional-sotsialistik ishchi partiyasi, fashistlar partiyasining a‘zosi. Partiya 1919-yilda tuzilgan, monopolistlarning eng reaksion va agressiv doiralarining manfaatini ifodalar edi. Partiyaga bu nom uning asoschilari tomonidan demagogik maqsadlarda, uning ommaviylik bazasini kengashrishini ko’zlab berilgan edi. 1933-yilda Gitler boshchiligidagi natsiyatlar hokimiyatni bosib oldilar va Germaniyada fashistlar rejimini o’rnatdilar. German fashizmi tor-mor qilingandan keyin Nyurenberg jarayonida Natsional-sotsialistik partiya to’la-to’kis tugatilib yuborilishi kerak bo’lgan jinoiy tashkilot deb topildi.