NATSIONAL-SOTSIALIZM

NATSIONAL-SOTSIALIZM (natsizm) — Germaniya fashizmi nomlaridan biri. 1933-yilda Germaniyada vujudga keldi. U fashizmdan o’sib chiqqan bo’lsada, ko’p xususiyatlarini sovet kommunizmidan olgan. Xususan, inqilobiylikni, sotsialistik g’oyalarni, totalitar partiya va davlat tuzish shakllarini v.h. Faqat «sinf» tushunchasining o’rnini — «millat», «sinfiy manfaatlar»ni—»milliy va irqiy manfaat» oladi. Kommunistik tizimlarda kurash tig’i ichki, sinfiy dushmanga qaratilgan bo’lsa, natsional-sotsializmda tashqariga, boshqa xalqlarga qarshidir.