Nazarova Tamara

Nazarova Tamara (1925.24.12 – Toshkent — 1998.24.2) — O’zbekiston xalq artisti (1969). Moskva o’zbek opera studiyasini tugatgan (1946). O’zbek davlat filarmoniyasining o’zbek ashula va raqs ansamblida yakkaxon (1940-42), Muqimiy teatrida (1942-55 va 1960— 71), Namangan teatrida (1955-59) aktrisa. Urush yillari O’zbekiston san’at ustalari safida front kontsert brigadalarida qatnashgan. Nazarova ijrosida nozik lirizm samimiylik bilan uyg’unlashib ketadi. Mohin, Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, «Tohir va Zuhra»), Noznoz (M. Urdubodiy; S. Rustamov, «besh so’mlik kelin»), Natalka (N. Kotlyarevskiy; N. Lisenko, «Poltavalik Natalka»), Rohatoy (K. Yashin; X. To’xtasinov, «Oftobxon»), Qaldirg’och, Nurxon (K. Yashin; T. Jalilov, «Alpomish», «Nurxon»), Shirin (A. Navoiy; Yu. Rajabiy, «Farhod va Shirin»), Sunbul (H. G’ulom; M. Leviev, «Ajab savdolar») kabi rollari bilan shuxrat qozongan. Nazarova kinoda (Guli, «Alisher Navoiy»; Fotima, «Sen yetim emassan» va boshqalar) ham suratga tushgan.