Nazir Akbarobodiy

Nazir Akbarobodiy (taxallusi; asl ism-sharifi Sayid Vali Muhammad, 1735, Dehli — 1830, Agra) — hind shoiri. Urdu tilida ijod qilgan ilk xalq shoiri. U she’riyatga oddiy mehnatkash obrazini olib kirgan. Doston, g’azal, ruboiy, masnaviy, qasida hamda hajviy she’rlar yozgan. Ijodida dunyo va axli dunyo mavzusi katta o’rin egallaydi. Nazir Akbarobodiy tabiat manzaralari, turli xalq sayillari, hindular, musulmonlarning bayramlarini yuksak badiiy mahorat bilan, jonli tarzda bayon qilgan. «Odamnoma», «Banjarnoma», «Oqibat», «yomg’ir mavsumi manzarasi», «Kashshoqlik», «baxti qaro shahar» kabi asarlari mashhur. Nazir Akbarobodiy Sharq adabiyotida keng tarqalgan Farhod va Shirin, Layli va Majnun syujetlari bilan bir qatorda qad. hind adabiyotidagi (Ram va Sita, Nala va Damayantiy), shuningdek, Panjob og’zaki ijodidagi obrazlarga (Hiyr va Ranjha) ham murojaat qilgan.