NIGILIZM

NIGILIZM (lot. nihil – hech nima, hech nara) — mavjud ijtimoiy hayot shakli va axloqiy normalarni, madaniy meros hamda ideallarni inkor etish. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot inqirozga uchragan davrlarda ayniqsa keng yoyildi. Nigilizm terminini birinchi marta nemis faylasufi F.G.Yakobi (1743-1819) qo’llagan. Rossiyada XIX asrning ikkinchi yarmida krepostnoylik an‘analarini va dinni inkor etgan raznochinshestidesyatniklarning radikal oqimi vakillari nigilistlar deb atalgan. Keyinchalik Nigilizm termini inqilobiy mafkura va demokratik harakatni tahqirlash uchun ishlatilgan. Zamonaviy jamiyatda Nigilizm eng avvalo, millatchilik asosidagi siyosiy ayirmachilik shaklida mavjud bo’lib, ijtimoiy ongni afsonalashtirish, axloq va huquq inqirozining chuqurlashuvida namoyon bo’ladi. Bu vayronkor mafkura avvalambor, jamiyatimizda inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, uning qadr-qimmati va or-nomusini hurmat qilish, shaxsning ma‘naviy va aqliy kamolotini ta‘minlash, millatlararo, dinlararo va fuqarolar o’rtasida totuvlikni ta‘minlash, milliy an‘analar va millat mintalitetining o‗ziga xos xususiyatlarini saqlab qolish va rivojlantirish, millatning ma‘naviy tiklanishi va milliy o’zlikni anglashni ta‘minlash borasidagi manfaatlariga zid hisoblanadi.