Nimaga kamalak yoy shaklida?
Bunga nurning sinishi, tomchilar yuzasidan nurlarning aks etishi, shuningdek ularning interferentsiyasi va difraksiyasi sabab bo’ladi. Bitta tomchining spektrini ko’rish mumkin emas. Ammo bu tomchilar milliardlab bo’lganda, tashqi tomondan kuzatuvchi uchun rangli nurlar to’plami ko’rinadi, ularning har biri alohida tomchidan, aylana sektori – kamon shaklida bo’ladi.
To’liq kamalakni faqat ma’lum bir burchakdan, masalan, samolyot derazasidan yoki tog’ tepasidan ko’rish mumkin, chunki katta kamalak aylanasining markazi kuzatuvchining ko’zlariga to’g’ri keladi.