No Mu Xyon

No Mu Xyon (1946.6.8, Kimxe shahri) Koreya Respublikasi davlat arbobi. 1971 yildan harbiy xizmatda. 1978 yildan xususiy advokatlik bilan shug’ullangan. 1985 yildan Pusan Xalq demokratik kengashi ijtimoiy tashkilot raisi, 1987 yildan Demokratik konstitutsiyani qabul qilish fuqarolik harakati Pusan bo’limi ijroiya raisi, 1991 yildan demokratik partiya spikeri, 1993 yildan partiya yuqori kengashi a’zosi, 1995 yildan vitse-Prezidenti. 1997 yildan yangi siyosat uchun milliy Kongressi partiyasi vitse-prezidenti, 2000 yildan dengiz va baliqchilik ishlari vaziri, 2001 yildan yangi Millenium demokratik partiyasi yuqori kengashi a’zosi, so’ng doimiy maslahatchisi. 2003 yil 25 Fevraldan Koreya Respublikasi prezidenti.