Noosfera

Noosfera (Yunoncha noos — aql-idrok va sphaira — shar) — biosferannng inson aql-idroki hukmronlik qiladigan yangi holati. Noosferada inson biosfera rivojlanishini belgilab beradigan asosiy omil hisoblanadi. Noosfera tushunchasini 1927 yilda frantsuz olimlari E. Lerun va P. Teetyar de Sharden fanga kiritishgan bo’lib, ular Noosferani biosfera ustidan hukmronlik qiluvchi, yerni o’rab olgan aql-idrok qavati deb karashgan. V. I. Vernandskiy 20-asrning 30-90-yillarida Noosfera to’g’risidagi materialistik tushunchani ilgari surdi. Uning fikricha, jamiyatning o’zaro munosabatlari natijasida paydo bo’lgan biosferaning sifat jihatidan yangi, inson manfaati yo’lida qayta tashkil etilgan evolyutsion holatidir. Tibbiyot qonuniyatlarining tafakkur va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlari bilan uyg’unlashib ketishi Noosfera uchun xos xususiyat hisoblanadi. Noosferaning ayrim tarkibiy-funktsional elementlari jamiyat rivojlanishining hozirgi davridayoq yuzaga kelmoqda. Rivojlanishning umumbashariy muammolarini hal qilish maqsadida insonlar kuch-qudrati birlashib borgan sari biosferaning Noosferaga aylanishi ham kuchayib boradi.