Nobellar

Nobellar — shved ixtirochilari va sanoatchilari. Emmanuel Nobel (1801.24.3 – 1872.3.9) – suv osti minalari ixtirochisi. 1842-59 yillarda Peterburg (Rossiya)da yashagan, u yerda mexanika zavodiga asos solgan. Alfred Bernxard Nobel (1833. 21.10 — 1896.10.12) — Dinamit ixtirochisi. Emmanuel Nobelning o’g’li. 1867 yilda dinamit tayyorlashga Angliyadan patent olgan. Dinamit ishlab chiqaradigan korxona egasi. Ko’p mamlakatlarda dinamit ishlab chiqarish fabrikalari qurgan. London Qirollik jamiyati va Shvesiya Fanlar Akademiyasi a’zosi. Nobel mukofotlari ta’sis qilish haqida vasiyat qilgan. Lyudvig Nobel (1831.27.7 – 1888.12.4) – korxona egasi, stanoklar konstruktori. Emmanuel Nobelning o’g’li. Peterburgdagi otasi asos solgan korxonani «Lyudvig Nobel» nomli yirik mashinasozlik zavodiga aylantirgan. 1871 yil aka-ukalari Robert va Alfredlar bilan birgalikda Boku (Ozarbayjon) da neft sanoati korxonasi (1879 yildan «aka-uka Nobellar hamkorligi»)ga asos solgan. Emmanuel Nobel (1859.22.6 – 1932.31.5) – Lyudvig Nobellarning o’g’li. Peterburgda «aka-uka Nobellar hamkorligi»ni, «Lyudvig Nobel» jamiyati va boshqa korxonalarni boshqargan (1888-1917).