Nodir devonbegi madrasasi

Nodir devonbegi madrasasi — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (1630-31). Nodir devonbegi mablag’iga qurilgan. Xoja Ahror xonaqoxi yonida joylashganligidan ba’zan xalq orasida Xoja Ahror madrasasi hamda quyosh va sherlar tasviri tushirilgani uchun kichik Sherdor madrasa nomi bilan ham yuritiladi. Nodir devonbegi madrasasi bir qavatli, hovlisining 2 tomonida ayvon, hujralar, masjid va darsxona joylashgan. Bosh tarzidagi peshtoq ayvon bezaklariga o’zaro uyg’unlashtirib Feruza, yashil va sariq ranglarda mayda va jimjimador naqshlar bilan nafis bezatilgan. Gumbaz osti toqi va bagallari bezagida ustaning ijodiy erkinligi ko’zga tashlanadi. A. Haqqulov boshchiligida ta’mirlangan (1980).