NOG’ORA VA BAYROQ
NOG’ORA VA BAYROQ — qadimda turkiy xalqlarda hokimiyat belgisi, ramzi. Nog’ora va bayroqni olgan shaxs ma‘lum mamlakatning oliy hukmdori deb tanilgan. Masalan, Amir Temur 1370-yil Balx hokimi amir Husaynga qarshi qo’shin tortib borayotganda, Termiz yaqinidagi Biyo qishlog’ida makkalik shariflardan Sayyid Baraka unga oliy hokimiyat, saltanat ramzi katta nog’ora – tabl va yalov – bayroq tortiq qiladi. Baroqxon 1423-1427 yillarda Ulug’ Muhammad ustidan g’alaba qilib, Oq O’rdada hokimiyat tepasiga kelgach, Ulug’bek unga qimmatbaho sovg’alar, shuningdek, Nog’ora va bayroq yuborganligi ma‘lum.