Nomus, or, oriyat

Nomus, or, oriyat — 1) kishining o’z obro’sini ulug’lash va ardoqlash tuyg’usi; kishining qadr-qimmatiga, o’z xatti-harakatlari oldidagi axloqiy mas’uliyatiga bo’lgan qarashlarni ifodalovchi tushuncha. Asosan, individual ma’noda ishlatiladi. Xijolat tortish, uyalish tuyg’usini, bundan tashqari, hazar qilish, or qilish ma’nolarini ham bildiradi; 2) boshqa shaxslarga nisbatan sharm-hayo bilan munosabatda bo’lishga undovchi his.