Noraztepa

Noraztepa — arxeologik yodgorlik, istehkomsiz qishloq (10-13, 15-asr). Toshkent shahrining shimol qismida (chuqursoyda) joylashgan. 1969 yil O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti arxeologik ekspeditsiyasi qazish ishlari o’tkazgan. Qishloq baladnligi 5 metr, eni 80 metrlik tepalikdan iborat. Qazishmalar natijasida qishloq 10-asrda vujudga kelganligi va devor bilan o’ralganligi aniqlandi. 11-asrda katta yong’in bo’lishiga qaramay, 13-asr boshiga qadar unda hayot bo’lgan. Binkat atrofidagi boshqa qishloklar singari Noraztepa ham shahar savdo yo’li ustida barpo etilgan va shahar atrofidagi obod erlardan biri sanalgan. 15-asrda qishloq xarobalari o’rnida hayot qisman qayta tiklangan.