Novi-sad

Novi-sad — Serbiyaning shimoliy qismidagi shahar. Dunay daryosi bo’yida. Voevodina Muxtor o’lkasining ma’muriy markazi. Aholisi 179,6 ming kishi (2000). Transport yo’llarining muhim tuguni. Yuk ortib-tushirish hajmi bo’yicha mamlakatda Belgraddan keyin 2-o’rindagi dare porti. Novi-sad — yirik sanoat shahri. Mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, ko’n-teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatdagi muhim qishloq xo’jalik rayonining markazi. Universitet, muzey, kartinalar galereyasi, kurort bor. Shaharda qishloq xo’jalik yarmarkalari o’tkaziladi. 14-18-asrlarda qurilgan me’moriy binolar saqlangan.