Nurmonov Pirimqul

Nurmonov Pirimqul (1911.20.4 -Payariq tumani Oqqo’rg’on qishlog’i — 1978.10.12) — 2-jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi katta serjant. 1942 yil iyundan frontda. 178-gvardiyachi o’qchi polki (3-Ukraina fronti 6-armiyasi 60-gvardiyachi o’qchi diviziyasi) ning bo’linma komandiri. Nurmonov 1943 yil 26 oktabrda o’z bo’linmasi bilan birinchilardan bo’lib Zaporoje r-ayonidagi Razumovka qishlog’i atrofida Dnepr daryosini kechib o’tgan va plasdarm uchun bo’lgan jangda alohida jasorat ko’rsatgan. Nurmonovga 1944 yil 22 Fevralda qahramon unvoni berilgan. Urushdan keyin jamoa xo’jaligi, qishloq Soveti raisi, brigada boshlig’i bo’lib ishlagan. O’zi tug’ilib o’sgan jamoa xo’jaligiga Nurmonov nomi berilgan.