Nurimov Quronboy

Nurimov Quronboy (1949.1.10, Urganch tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). ToshDUni tugatgan (1974). 1974 yildan Urganch tumanidagi 5-maktabda matematika fani o’qituvchisi, 1977 yildan viloyat o’qituvchilar malakasini oshirish institutida kabinet mudiri, direktor. 1995— 97 yillarda Xorazm viloyat xalq ta’limi boshqarmasida ishlagan. 1997 yildan Urganch tumanidagi 45-internat-litseyi direktori, 2000 yildan Urganch shahri xalq ta’limi bo’limi mudiri. Ish faoliyati davomida aniq fanlar bo’yicha ixtisoslashgan maktab va sinflar tashkil etgan, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar, ilg’or ish uslublarini joriy qiladi.