Nuriddinov Zuhriddin Rasulevich

Nuriddinov Zuhriddin Rasulevich (1918.18.3-Toshkent-1988.22.11) -tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974). Tarix fanlari Doktori (1966), professor (1964). 2-jahon urush qatnashchisi (1941-45). O’zduning tarix fakultetini tugatgach (1939), Toshkent pedagogika institutida o’qituvchi, dotsent (1952), umumiy tarix kafedrasi professor (1964), kafedra mudiri (1966), shu institut rektori (1971-76), 1976 yildan kafedra mudiri, 1982-88 yillarda professor maslahatchi. Ilmiy faoliyati G’arb mamlakatlarining eng yangi tarixi, tarixshunosligiga oid. Nuriddinov Markaziy Osiyo hududida birinchi bo’lib O’zbekistondagi oliy o’quv yurtlari uchun o’zbek tilida «G’arb mamlakatlarining eng yangi tarixi (1917-71)» dareligi hamda «G’arb mamlakatlari eng yangi tarixining tarixshunosligi (1917-39)» o’quv qo’llanmasi muallifi. Toshkent shahridagi ko’chalardan biri Nuriddinov nomi bilan atalgan (1990).