O’

O’ — o’zbek kirill alifbosining o’ttiz ikkinchi harfi. Til orqa, o’rta keng, lablashgan unli tovushni ifodalaydi (ushbu unlining ma’no farqlovchi til oldi varianti ham ayni shu harf bilan ifodalanadi, ya’ni alohida belgiga ega emas). Qo’llanishiga ko’ra uncha faol bo’lmagan bu harf O’zbekcha so’zlarning asosan 1-bo’g’inida uchraydi: o’rdak, o’rik, o’roq, mo’g’ul, to’g’ri, qo’rqoq kabi; o’zlashma so’zlarda esa oxirgi bo’g’inlarda ham qo’llanishi mumkin: gulro’, obro’, ro’baro’. Har qanday undosh bilan yonmayon kela oladi. Turkiy xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi uchun umumiy bo’lgan yozuvlarda o’ziga xos belgi-shakllarga ega.