Ochilov Ro’zimurod

Ochilov Ro’zimurod (1926.11.5, Kattaqo’rg’on tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2002). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1963). 1950— 59 yillarda Kattaqo’rg’on tumanidagi 8-, 23-maktabda jismoniy tarbiya, harbiy ta’lim, 1959 yildan 10-maktabda tarix o’qituvchisi. Darsni ko’rgazmali qurollar va texnika vositalaridan foydalanib, yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tadi.