Odilov Hasan Pirmatovich
Odilov Hasan Pirmatovich (1960.24.7, Toshkent) — yog’och o’ymakori. O’zbekiston xalq ustasi (2002). 1982 yildan «Usto» birlashmasida ishlab O. Fayzullayevdan yog’och o’ymakorligi sirlarini o’rgangan. 1991 yildan mustaqil usta. Respublika va xorijiy ko’rgazmalarda o’zining «islimiy» va «girih» naqshli yog’och o’ymakorligi asarlari bilan qatnashib kelmoqda. Toshkentdagi «Toshkent kuranti» binosi zali, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi zali va boshqa ma’muriy binolarning yog’och o’ymakorligi bezaklarini bajargan. Iqtidorli ustaning Buxoriy yodgorlik majmui, Toshkentdagi xotira maydonidagi ayvonning ustun bezaklari diqqatga sazovor. Odilovning kursi va xontaxtalari ko’p qirrali, o’ziga xos ishlov berilganligi bilan ajralib turadi.
O‘xshash so‘zlar
- Odil sudlov
- ODILXONOVA ONAJON
- Odilov Ahmad Odilovich
- Odilov Sobir Rahimovich
- Odil ismi haqida bilasizmi?
- Odila ismi haqida bilasizmi?
- Odilsher ismi haqida bilasizmi?
- Odilqora ismi haqida bilasizmi?


