Og’a-ini Grimmlar kim?

Og’a—ini Yakob (1785-1863) va Vilgelm (1786-1859) Grimmlar XIX asrning yirik Yevropa adabiyotshunoslari va folklorshunoslari edilar. Olmon xalq ertaklarini to’plash va nashr etish ular hayotidagi asosiy ish bo’lgan. Grimmlar tomonidan tayyorlangan «Bolalar va oila ertaklari» (1812) va «Olmon rivoyatlari» (1816-1818) oradan ko’p o’tmay ko’plab tillarga tarjima qilindi va ko’pgina avlodlarning sevimli kitoblariga aylandi. Aka-uka Grimmlar birinchi bo’lib ertakni syujetning serifodaligi va so’zlashuv tilining biyronligi bilan ajralib turadigan san’at asari sifati ko’rib chiqdilar. Ana shuning uchun ham ular ertaklarining matni turli yoshdagi o’quvchilarga qiziharlidir. Aka-uka Grimmlarning kitoblari chiqqanidan keyin ko’plab boshqa mamlakatlarda ularga o’xshash to’plamlar vujudga keldi. Ammo ularning tuzuvchilari (Rossiyada — A. N. Afanasev, Angliyada — J. Jekobs) o’zlarining kitoblari aka-uka Grimmlarning asaridan ilhomlanib yozilgani haqida bildirishni burch deb hisoblashgan. O’zlarining jonajon olmon shahri Xanauda, o’z ertaklarining qahramonlari qurshovida ularni aks ettirgan go’zal yodgorlik aka-uka Grimmlarning xotirasini avlodlarga manguga qoldirdi.