Olovli yer

Olovli yer — Janubiy Amerikaning Janub chekkasidagi arxipelag. Materikdan Magellan bo’g’ozi orqali ajralgan. G’arbiy qismi Chili, Sharqiy qismi Argentina tarkibida. Maydoni 72 ming km2. Olovli yer yoki Ilagrande oroli (maydoni 48 ming km2) va juda ko’p mayda Orol va qoyalardan iborat. Gorn burni Janubiy Amerikaning eng Janub nuqtasi. Arxipelagning Janub va g’arbiy qismi tog’lik (eng baland joyi 2469 metr), qolgan qismi sertepa tekislik va pasttekislik. Ford, torfli botqomik ko’p. Muzliklar bor. Iqlimi mo’tadil, salqin okean iqlimi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 10-11°, iyulniki 0-2°. Yiliga 500 mm dan 2000 mm gacha yog’in yog’adi. Milliy bog’lar tashkil etilgan. Aholi qo’ychilik va baliq ovlash bilan shug’ullanadi. Neft va gaz konlari bor. Asosiy aholi punktlari: Ushuaya va Porvenir. Olovli yerni yevropaliklardan dastlab 1520 yilda F. Magellan aylanib o’tgan. U mahalliy aholi yoqqan gulxanlarni ko’rib arxipelagga shunday nom bergan.