Oltingugurt

Oltingugurt (Sulfur), S – Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 16, atom molekulasi 32,064. Tabiiy Oltingugurt 4 ta barqaror izotop 32S, 33S, 34S, 36S dan iborat. Sun’iy radioaktiv izotoplari 3IS, 35S, 37S ham olingan. Yer po’stining massa jihatdan 5410~2% ini tashkil qiladi. Dengiz suvida 0,08—0,09% Oltingugurt bor. Tabiatda erkin (tug’ma Oltingugurt) va birikmalar holida uchraydi. Oltingugurtning eng muhim tabiiy birikmalari metall sulfidlari, masalan, FeS2 — temir kolchedan (pirit), ZnS — aldama pyx, PbS — qo’rg’oshin yaltirog’i yoki glenit, Cu2S — mis yaltirog’i va hokazolar. Oltingugurt sulfatlar holida (angidrit CaSO4 gips CaSO4-2H2O, og’ir shpat BaSO4, glauber tuzi va hokazolar) ham uchraydi. Bundan tashqari, Oltingugurt kumir, slanes, neft, tabiiy gazlar, hayvon va o’simlik organizmlarida organik va anorganik birikmalar xrlida mavjud. Masalan, oqsilda 0,8—2,4% Oltingugurt bor. Tug’ma Oltingugurt Meksika, AQSh, Italiya, Yaponiya, MDH mamlakatlarida bir necha allotropik ko’rinishlarda uchraydi. Ulardan muhimlari romb va monoklin singoniyali Oltingugurtdir. Romb panjarali Oltingugurt sariqtusli, zichligi 2,07 g/sm3 (20°da), suyuqlanish temperaturasi 112,8°, qaynash temperaturasi 445°. Sakkiz burchakli halqasimon Sg tarkibli molekulalardan tuzilgan. Monoklin Oltingugurt prizma shaklidagi tiniq kristallardan iborat, zichligi 1,96 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 118,9°. Oltingugurt qizdirilsa, 112,8° da erib, sariq tusli harakatchan suyuqlikka aylanadi. 160°da qo’ng’ir tusga kirib, qovushoq bo’lib qoladi. Oltingugurt metalloidlar jumlasiga kiradi. U inert gazlar, azot, yod, platina, oltindan tashqari deyarli barcha elementlar bilan birikadi. Kislorodda 250°da, qavoda 360° da alangalanadi. Oltingugurt birikmalarda -2, +4 va +6 valentli. Ishqoriy metallar, mis, kumush va simob bilan xona temperaturasida, qizdirilganda faqat metallar bilan emas, balki metallmaslar bilan ham reaktsiyaga kirishadi. Masalan, ftor bilan SF6, kislorod bilan SO2 hosil qiladi. Uning vodorodli birikmasi — vodorod sulfid H2S 350°da Oltingugurt ustidan vodorod o’tkazib, shuningdek, SO2 ni qaytarib, H2S ni oksidlab hosil qilinadi. Oltingugurtning juda ko’p birikmalari ma’lum. Oltingugurt konlardan (tug’ma Oltingugurt holida) qazib olinadi. Sho’rtang gaz kompleksida shu usulda guvalasimon (komovaya) Oltingugurt olinadi. Oltingugurtning 50%ga yaqini sulfat kislota, 25% ga yaqini sulfat tsellyuloza, qolgan qismi rezina sanoatiga, sun’iy tola, portlovchi moddalar ishlab chiqarishga, organik sintez va tibbiyot ehtiyojlariga sarflanadi. Sobirjon Aminov.