Omon Muxtor

Omon Muxtor (taxallusi; asl ism-sharifi Muxtorov Omon Sulaymonovich) (1941.16.7, Buxoro) — yozuvchi, shoir, dramaturg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1991). ToshDU jurnalistika fakultetini tugatgan (1964). O’zbekiston radiosida (1965— 75), «O’zbekfilm»da (1975-77), G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida (1977-80), O’zbekiston davlat kino qo’mitasida (1980-84) turli lavozimlarda ishlagan. «Sharq yulduzi» jurnalida bo’lim mudiri (1984-89), bosh muharrir o’rinbosari (1989-95), bosh muharrir (1995 y.dan). Ilk she’rlar to’plami — «chorlar quyoshli yo’llar» (1966). «Ohang» (1974), «Yog’du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) she’riy to’plamlar, «Nigoh» (1968), «qushlar va tushlar» (1971), «shaharlik kelinchak» (1973), «Hayot darvozasi» (1978), «uchqur poyezdlar» (1981), «bolalikka sayohat» (1984), «Vazifa» (1988), «o’lmagan jim» (1995) va boshqa kitoblaridan joy olgan hikoya va qissalarida zamondoshlarimiz hayoti, ularning quvonch va iztiroblari falsafiylikka moyil bir tarzda aks ettirilgan. Omon Muxtorning «yillar shamoli» (1976), «Egilgan bosh» (1989), «ayollar mamlakati va saltanati», «Ffu» (1997), «Aflotun» (1998), «to’rt tomon qibla» trilogiyasi («ming bir qiyofa», «ko’zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba», 2001), «maydon» (1999), «Ishq axli» (2001) kabi zamonaviy va tarixiy mavzulardagi romanlari o’zbek nasrining shaklan va mazmunan boyishida muhim o’rin tutadi. Ulardagi yangicha tasvir usullari, tafakkur tarzi va roman-hangoma, romanrivoyat janrlaridagi shakliy izlanishlar e’tiborga loyiq. «Ayollar mamlakati va saltanati» romani asosida badiiy film ishlangan (2001). Pyesalari Xorazm teatrida sahnalashtirilgan («Bosh masala» va boshqalar). «Do’stlik» ordeni bilan mukofotlangan (1997).