Omonnisoxonim Nafisiy

Omonnisoxonim Nafisiy (1534 — Sharqiy Turkiston Makit tumani — 1567) — Yorkend (yakan) xoni Abdurashidxon davrida (1533-69) yashagan uyg’ur maqomshunosi, shoira, xattot. Yoshligidan Sato va tanbur chalishni o’rgangan. Abdurashidxonning Omonnisoxonim Nafisiyga uylanishi uning ijodiy faoliyatiga keng yo’l ochib bergan, natijada musiqashunos olima, shoira, usta xattot bo’lib etishib, xonlik madaniyati rivojiga katta hissa qo’shgan. Omonnisoxonim Nafisiy «Nafisiy» taxallusi bilan she’rlar yozgan va «Devoni Nafisiy» nomli mashhur she’rlar to’plami, xotin-qizlarga nasihat mazmunidagi «axloqi Jamila» («go’zal xulqlar») va shoirlik, nag’machilik va xattotlikka oid «shuruh ul-qulub» («qalblar sharhi») nomli asarlar yozib qoldirgan. Omonnisoxonim Nafisiy Qidirxon Yorkandiy bilan «o’n ikki maqom»ni tiklash ishiga hissa qo’shgan.