Oshlash, teri oshlash

Oshlash, teri oshlash — maxsus moddalar, eritmalar bilan teri va mo’ynani ishlash, terining junini to’kish (yalang’ochlash). Terini Oshlash bilan odamlar qadimdan shug’ullanishgan. Ibtidoiy odamlar kiyim o’rnida hayvon terisini yopinib yurishgan. Ular asta-sekin teri Oshlashni, unga kimyoviy va mexanik ishlov berib, undan charm tayyorlashni, charmdan poyabzal va kiyimbosh tikishni o’rganib olishgan. O’rta Osiyo shahar va qishloqlarida xam teri Oshlash hunari mashhur bo’lgan, dastlabki teri Oshlash do’konlari 19-asr 2-yarmida paydo bo’lgan. 20-asr boshlarida artellar, zavodlar tashkil bo’la boshlagan. Pekin xususiy teri oshlovchilar ham saqlanib qolgan (ular hozir ham mavjud). Oshlash zavodlarda chanlar, barkaslar, barabanlarda amalga oshiriladi. Oshlash jarayonida jun qirish mashinasi, silliklash mashinasi va boshqa mashina xamda apparatlardan foydalaniladi.