Osmatuzi, qanot osma

Osmatuzi, qanot osma — ziynat buyumi; Xorazm ayollarining boshga taqadigan taqinchog’i. Tillaqoshdan Xorazm zargarligiga xos bezaklari — panjarali qanotlarining aylana naqshgullar bilan to’ldirib bezatilganligi, uzun shokilalarining ko’pligi, ayniqsa, qanotlar kelib tutashadigan Markaziy shaklning o’ziga xosligi hamda ukpar, par o’rnatiladigan naychasi borligi bilan farq qiladi. Osmatuzi chakka taqinchog’i — yarimtirnoq bilan birga ansambl hosil qiladi.