O’T OCHISH

O’T OCHISH — dushmanni yo’q qilish va uning qarshiligini sindirish vositasi. Artilleriya, tank va engil o’q otar qurollar yordamida amalga oshiriladi. O’t ochish yakka, qatorasiga, baravariga, yuzaki va metodik usulda olib borilib, yo’nalishi bo’yicha ro’paradan, yon tomondan, xanjarsimon bo’ladi.