Otajonov Sulton

Otajonov Sulton (1937.5.11, Xorazm viloyati Yangiariq tumani) — kulol, O’zbekiston xalq ustasi (1999). Taniqli sulolaviy kulollar avlodi davomchilaridan. Xorazm kulollik maktabining yirik namoyandalaridan. Kulollik kasbini otasi Otajon Matyoqubov va usta Rahimberdi Matchonovdan o’rgangan. U sopoldan bodiya, kosa, lagan va boshqa ko’plab idishlarning noyob namunalarini yaratdi; ishlarida oq angobdan unumli foydalanadi. Binolarning devorlariga sopoldan namoyonlar ishlagan. Respublika va xorijdagi ko’plab hunarmandlik, xalq amaliy san’ati ko’rgazma va yarmarkalarida ishtirok etib keladi. Asarlari Respublika hamda xorijiy muzey va kollektsiyalardan o’rin olgan.