Otajonboy madrasasi
Otajonboy madrasasi – Xivadagi me’moriy yodgorlik (1884). Madrasa murakkab tarxli (19,9×17,25 metr). Peshtog’i Janubga qaragan. 2 qanoti guldasta bilan bezatilgan. Peshtoq orqali gumbazli miyonsaroyga kiriladi. Kichik hovli (5,65*11,0 metr) atrofi hujralar bilan o’ralgan. Masjid gumbaz tomli, bag’ali qalqonsimon. Bag’ali va Janub devordagi mehrobga muqarnaslar ishlangan. Hujralar balxi gumbazli. 1970— 80 yillarda ta’mirlangan. Amaliy san’at ustaxonasi joylashgan.
O‘xshash so‘zlar
- Otajonov Rahim Karimovich
- Otajonov Sulton
- Otaliq
- Otamurod matriza qushbegi masjidi
- Otamurodova Orzigul
- Otamurot
- Otaniyozov Komiljon
- Otaqo’zi madrasasi


