Ostrogradskiy Mixail Vasilevich

Ostrogradskiy Mixail Vasilevich [1801.12(24)9, Poltava viloyati — 1861.20.12 (1862.1.1), Poltava] — rus matematigi, Peterburg mat. Maktabi asoschilaridan biri, Peterburg Fanlar Akademiyasi akad. (1830). Parijda O. Koshi, P. Laplas, J. Fure qo’lida o’qigan (1822-28). Asosiy ishlari matematik analiz, sonlar nazariyasi, extimollar nazariyasi va boshqa sohalarga oid. U qattiq jism va suyuqliklarda issiqlik tarqalishi tenglamasini, hajm intefalini sirt integraliga o’tkazuvchi formulani keltirib chiqardi.