Oxundov Mirza Fatali

Oxundov Mirza Fatali [1812.30.6, Sheki (hozirgi Nuxa) – 1878.26.2, Tiflis] — Ozarbayjon yozuvchisi, ma’rifatparvari va faylasuf. «Pushkin o’limiga Sharq dostoni» (1837) asari A.S.Pushkinga bag’ishlangan. «Pushkinning o’limi Rossiyada Lermontovni, Kavkazda Oxundovni uyg’otdi» degan ibora shu asardan keyin paydo bo’lgan. Oxundov, asosan, dramaturgiya sohasida katta yutuklarga erishgan. 1851 yil «Hikoyati Mulla Ibrohim Xalil kimyogar», «nabotot hakimi muse Jordan va sehrgar darvesh Mastali shoh hikoyati» komediyasini yozgan. «Sarguzashti vaziri xoni Lankaron» (1851), «Hikoyati xirsi quldurboson», «Xoja qora» (1852), «Murofiya vakillarining hikoyati» (1856) komediyalarida 19-asr 1-yarmi Ozarbayjon xalqi hayoti aks etgan. Sharq adabiyotlarida Oxundovni «Sharq Moleri», «Ozarbayjon geniysi» deb atashgan. «Addangan yudduzlar» qissasi (1857) bilan Ozarbayjon realistik nasriga asos solgan. Asarda ijtimoiy tuzum va hokim bilan xalq ommasi o’rtasidagi keskin qarama-qarshiliklar tasvirlangan. Oxundov Arab alifbosini islohqilishga bag’ishlangan «Arab, fors, turk tillarining yozuvlari uchun yangi alifbo» (1857) asarining muallifi. Oxundov falsafa va boshqa fanlarni dindan ajratish, tabiat sirlarini o’rganishga, ma’rifatni egallashga chaqirgan. Uning falsafiy qarashlari «Ingliz faylasufi Yumga javob» (1870) asarida ifodalangan. Asar birmuncha o’zgartirilib, «Hindiston shahzodasi Kamoluddavlaning Eron shahzodasi jaloluddavlaga yozgan xati va Jaloluddavlaning javobi» falsafiy risolasiga ilova qilingan.