Oxunjonov Sobirjon

Oxunjonov Sobirjon (1919.10.10, Toshkent) — general-leytenant (1973). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1982). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi (1989). 1938 yildan armiya safida. Harbiy piyodalar bilim yurtini (1940), harbiy akademiyani (1955), Farg’ona pedagogika institutini (1966) tugatgan. 2-jahon urushi davrida Stalingrad, Janubiy-G’arbiy, 1-Ukraina frontlarida xizmat qilgan. 1946-64 yillarda Turkiston harbiy okrugida turli lavozimlarda ishlagan. Farg’ona viloyati harbiy komissari (1964-67), O’zbekiston harbiy komissarining o’rinbosari (1967-71). O’zbekiston grajdan mudofaasi boshlig’i o’rinbosari, shtab boshlig’i (1971-86). Toshkent shahar urush va mehnat faxriylari kengashi raisi (1987-91). O’zbekiston Respublikasi urush va mexnat faxriylari kengashi raisi o’rinbosari (1991— 97).