Oxunov Jaloliddin Sobitovich

Oxunov Jaloliddin Sobitovich (1932.15.6 — Farg’ona — 1996.14.6) — aktyor, xonanda (dramatik bariton). O’zbekiston xalq artisti (1980). 1946— 96 yillar Farg’ona teatrida ishlagan. Tohir (S.Abdulla, «Tohir va Zuxra»), Ravshan, Haydar (K. Yashin, T.Jalilov, «Ravshan va Zulxumor», «Nurxon»), Norboyvachcha (Hamza, X.To’xtasinov, «Paranji sirlari»), Niyoz (I.Sulton, «Noma’lum kishi»), shahar hokimi (N.Gogol, «Revizor»), Nuroxun (J.Mashrabiy, M.Murtazaev, «Qumrining murodi») va boshqa rollari bilan shuhrat qozongan. Oxunov ijodiga Jasur, matonatli kishilar obrazi yaqin bo’lib, qahramonlari xarakterniy, ularning ichki kechinmalarini kuchli ehtiros orqali to’liq ochib berish xos. Xonanda sifatida «baland tog’lar», «Ey go’zal», «raqqosaga», «Barnoga o’xshatdim», «va’da berding», «sendan bo’lak» singari qo’shiqlari bilan ham tanilgan.