Ots Georg Karlovich

Ots Georg Karlovich (1920.21.3, Petrograd -1975.5.9, Tallin) — eston xonandasi va opera yakkaxoni (lirik bariton). Xalq artisti (1960). Tallin konservatoriyasini tugatgan (1951). 1945 yildan Tallindagi «Estoniya» opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. Operalarda don Juan, Figaro («don Juan», «Figaroning uylanishi»), Onegin («Evgeniy Onegin») kabi, operettalarda Danila («Quvnoq beva»), Tasillo («Marina») va boshqa partiyalarni ijro etgan. Kontsert repertuaridan klassik va zamonaviy kamer asarlar, qo’shiklar o’rin olgan. Ots mayin, yoqimli ovozi hamda optimistik talqinlari bilan shuhrat krzongan. «Mister iks», «Kola Bryunon» kabi filmlarda bosh rollarni ijro etgan. Chet mamlakatlarda (jumladan, bir necha bor Toshkentda ham) gastrolda bo’lgan.