Palaxmon
Palaxmon (forscha, Arabcha — falloxun) — toshotar, sopqon. Qadimda va o’rta asrlarda tosh yadrolarini dushman tomon irg’itadigan maxsus urush quroli. Manjaniqnnt kichik turi. Palaxmon aksariyat mudofaa inshootlari, xususan, qal’a devorlarini buzish maqsadida qo’llangan. O’t sochish qurollari, jumladan, to’pning qurollanishga kirib kelishi Palaxmondan foydalanishga chek qo’ygan.