Panturkizm

Panturkizm-XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiyaning burjuaziya-pomeshchik doiralari orasida tashkil topgan oqim. Panturkizm Bolqon yarim oroli, O’rta Osiyo va Qozog’iston, Kavkazorti va Volga bo’ylarida yashab, turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlarni Turkiya himoyasi ostida birlashtirish va “Ulug’ Turon” davlatini tuzish g’oyasini olg’a surgan. O’rta Osiyo, Kavkazorti va Tatariston jadidlari panturkizm g’oyasidan turkiy tillarda so’zlashuvchi xalqlarni mustamlakachilikka qarshi kurash yo’lida foydalanishga harakat qilganlar, ammo harakat natijasiz tugagan. Keyinchalik ko’pgina mahalliy ziyolilar sho’rolar hukumati tomonidan panturkchilik tamg’asi bilan qatag’on qilingan.