Parafin
Parafin (nemischa paraffin, lotincha Ragshp — oz va affi ns — o’xshash) — to’yingan qattiq uglevodorodlar S18 — S,5 aralashmasi. Molekulyar modda 300-400. Sof Parafin rangsiz, hidsiz, ta’msiz modda. Qo’lga yog’dek unnaydi, suvda, spirtda erimaydi, ko’pgina organik erituvchilarda va mineral moylarda yaxshi eriydi. Suyuqlanish temperaturasi 45-65°, zichligi 880— 915 kg/m3. Parafin, asosan, deparafinizasiya usulida ketonlar bilan toluol aralashmasidan, moyli neft distillatlarini Moysizlantirish va tozalash yo’li bilan, shuningdek, sun’iy usulda uglerod (I)-oksidni vodorod bilan qaytarib olinadi. Izolyasion material sifatida, yog’ochni parafinlashda, qog’oz, to’qimachilik, poligrafiya, ko’n, lok-bo’yoq sanoatida, elektrotexnika, tibbiyotda qo’llanadi. Yuqori yog’kislotalari, spirtlar, yuvuvchi va sirt faol moddalar olishda ishlatiladi.