Parixon
Parixon, parxon (fors. — ruh va o’qimoq) — pari, jin kabi kuchlar yor-damida bemorlarni kasalliklar- dan xalos qiluvchi duoxon, azayimxon, folbin; P. ba’zi joylarda baxshi deb ham yuritiladi. P.lik Markaziy Osi- yoning ko’pgina hududlariga qadimdan tarqalgan. P. O’zbekistonda eng ko’p yoy-ilgan homiy ruhlardan birining ob-razlaridan bo’lib, u go’zallik timso- lida tasvirlanadi. P.lik kasallikni jin, alvasti va pari kabilarning ta’- siri deb hisoblaydi. P.ning asosiy da- volash qurollari — doyra (childirma) yoki kamchi, ba’zan dutor yoki xivchinlar- dan iborat bo’lgan. P. bemorni qorong’i xonaga kiritib, o’zi yodlagan iboralar- ni takrorlab kasalga tekkan deb gumon qilingan jinlarga do’q-po’pisa qilgan. U doyra (childirma) yoki dutor chalib, kamchi b-n bemor tanasidan jinlarni haydashga intilgan. Bemorga tekkan Pa- rilar uchun tovuq, uloq, qo’y, qo’zi kabi- lar qurbonlik qilingan. Jonivorlar- ning qoni parilarga bag’ishlangan. P. bemorning ruhiga kuchli ta’sir etishga harakat qilgan. Ja-honning ko’pgina xalqlarida qam P.ning ko’rinishlari va qoldiqlarini uchratish mumkin. Ilmiy bilimlarning hoz. taraqqiyoti ularning mohiya-timazmunini xolisona ochib be- rishni kun tartibiga qo’ydi. P.lik sha- manlikning Markaziy Osiyo sharoitida- gi qoldig’i hisoblanadi. Ad.: Snesarev G. P., Relikti domu- sulmanskix verovaniy i obryadov u uz- Bekov Xorezma, M., 1969; Basilov V. N., Shamanstvo u narodov Sredney Azii i Kazaxstana, M., 1992. Ochil Bo’riev.