Parkent

Parkent, Parakati, pushti par- kati — o’rtagi mahalliy xo’raki uzum navi. Xalq selektsiyasi (Toshkent VI- loyati Parkent tumani)da yara-tilgan. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga mansub. Barglari urtacha va Yi- rik kattalikda, keng panjasimon yoki yumaloq shaklda, chetlari qirrali, ba’zan qirrasiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, tsilindrsimon, zichligi o’rtacha. G’ujumi yirik, dumaloq-oval shaklda, to’q-qizil yoki to’q pushti rang. Eti ser- shira, po’stiyupqa, g’ubor b-n qoplangan. Kurtagi ^ ko’karganidan keyin Toshkent viloyatida faol harorat yig’in-disi 3000-3200°da 135-140 kunda, sent. o’rtalarida yaxshi pishib etiladi. Tupi kuchli usadi, novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 180— 220 ts/ga (ishkom- larda 250 ts/gacha). Sovuqqa chidamsizligi, kul (oidium) kasalligiga moyilligi b-n ajralib turadi. Yangiligida iste’mol qilinadi, musallas, desert va shampan vinolari tayyorlanadi. Qisman mayiz so- linadi. Toshkent viloyatida ko’p ekiladi.