Parkent kanali

Parkent kanali – Toshkent VI- loyatida Kuril gan yirik gidrotexnika inshooti. Kanal viloyatning Bo’stonliq, Parkent, yuqori Chirchiq va Ohangaron tumanlari tog’oddi yonbag’iri hududidan o’tgan. Chirchiq daryosida qurilgan Chirchiq GES kaskadi (G’azalkent gidro-uzeli) inshootidan suv ….. oladi. Kanal n ing 1-navba-ti (69 km) 1975-1983 y.larda, 2-navbati (14,3 km) 1988-1997 y.larda qurilgan. Uning loyiha uz. 96 km, foy- dalanishga topshirilgan qis-mi 83,3 km. Kanalning bosh qismi kengligi 6-7 m, chuq. 3,6—3,8 m, quyi qismida esa tegish- licha 2-2,5 va 2,1 — 2,4 m. Bosh qismida eng ko’p suv sarfi 51-57 m3/s, quyi qismida 7-10,4 m3/s Kanal trassasi murakkab relef va geologik sharoitlarda (tuprokli, qoya va yarim qoya, yirik tosh jinslari) bar- po etilgan. O’zanning 38,7 km ga beton to’shama yotqizilgan. Ayrim joylar- da tuproq 30-40 m gacha chuqurlikda qazilgan yoki 20 m gacha balandlikda ko’garmalar barpo kilingan. Kanalda 12 ta dyuker, 8 ta akveduk, 1 ta suv to’sish inshooti, 1 ta temir yo’l kuprigi, 86 ta suv chiqargich, 7 ta gidropost, 8 ta toshqin tashlamasi, 8 ta sel tashlamasi, 9 ta seleduk, 46 ta kanal osti quvuri, 21 ta avtomobil kuprigi va b. Inshootlar kurilgan. Yirik dyukerlar jumlasiga Oqsoq-otasoy (uz. 204,7 m, suv utkazish imko-niyati 57m3/s), Ulkanotchisoy (54 m3/s), Yuzuriksoy, Yoyilmasoy, Parkent- soy, Otchopkansoy, Samsaraksoy va b. ki- radi. Kanal Chirchiq daryosining chap vo- diysidagi 30,3 ming ga sabzavot, g’alla ekinlari, tokzor va bog’larni sug’orishga xizmat qiladi. Ziyomiddin Artukmetov.