Parkentsoy

Parkentsoy — Toshkent viloyati Parkent tumanidagi soy (yuqori oqimida Kumushkonsoy deb nomlanadi). Uz. 40 km, havzasining mayd. 198 km2. Qizilnura cho’qqisi (3267 m)ning shim.-g’arbiy yon bag’irlaridan oqib tushadigan, umu-miy uz. 112 km bo’lgan kattakichik irmoklar- ning qo’shilishidan hosil bo’ladi. P. g’arbiy yo’nalishda oqib, Qorasuv kana- liga quyiladi. Mavsumiy qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yyut- lik suv sarfi 0,64 m3/sek. Tulinsuv dav- ri mart-iyun oylarida, oqimining 75— 80% shu davrga to’g’ri keladi. Apr. Oyida suvi eng ko’p bo’ladi (o’rtacha 2,5 m3/sek). P. da tez-tez sel toshqini ham bo’lib, bu vaqtda suv sarfi 108 m3/sek. gacha ortadi (1967 y. 29 apr.). P.dan ku-mushkon, Chan- gi, Hisarak qishlokdari hamda Parkent sh. va ular atrofidagi ekin maydonlari suv oladi.