Parlamentarizm

Parlamentarizm — davlat hokimiyati tuzilishi. Bunda parlament im-tiyozli mavqega ega bo’lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarning funktsiyalari aniq belgilab berila- Di. P.da hukumat parlament tomonidan tuziladi va uning oldida javob bera- Di. P. tarixi Angliyada 1215 y. Kabul qilingan «erkinlikning Buyuk xar- tiyasi»dan boshlansada, 16-18-a.larda- gi inqiloblar davrida vujudga kelgan. Bu davrning ilg’or vakillari davlatni oqilona tuzish va tashkil qilish uchun hokimiyatni avvalo qonun chiqa-ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’lish kerakligini da’vat qilganlar va shu yo’l b-n mavjud davlat mexa-nizmi si- stemasida mamlakatda qonun chiqarish va sudlovni amalga oshirish ustidan o’z nazoratini o’rnatishga, hatto hukumatni tashkil qilishda qat-nashishga muvaffaq bo’lganlar. Natijada P.ning shakllari- dan biri — kon-stitusiyaviy monarxiya (Angliya va b. mamlakatlarda) ta’sis qilingan. Ij-timoiy aloqalar tuzi- lishi murakkablasha borishi b-n ijro etuvchi hokimiyat (prezident, hukumat) vakolatlarining kuchayish jarayoni yuz bermoqda.