Parma

Parma — metall, yog’och va b. Mate- rialdan yasalgan buyumlarga teshik ochish, chuqurcha o’yish uchun ishlatiladigan ke- suvchi asbob. Ish va quyruq qismidan iborat. Ish qismida kesish elementla- ri joylashgan. Quyruq qismi konus va tsilindr shaklli bo’ladi. Tuzilishiga ko’ra, spiral (vintsimon), chuqur teshi- klar teshadigan, markazlovchi, patsimon tig’li va b. xillari bo’ladi. Metall bu- yumlarga teshik ochishda spiral P. Keng qo’llaniladi (1-rasm). Uning ish qismi kesuvchi qirralar, qirindini chiqarib turuvchi ariqchalar va yo’naltiruvchi lentachalardan iborat. Bunday P.lar uglerodli yoki keskir po’latdan yasala- Di, ba’zan, kesuvchi qir-ralarga qattiq qotishmalardan tayyorlangan plasti- na yopishtiriladi. Yog’och buyumlaruchun mo’ljallangan P.larning kesuvchi qismi boshqacharoq tuzilgan (2-rasm). Tsilin- drik va vintsimon xillarga bo’linadi. Tsilindrik P.ning markazlovchi va qoshikli, vintsimon P.ning spiralsi- mon, shneksimon, shtopor va b. Xillari bor. Yog’och uchun qo’l Parma ham ishlatila- Di. P.lar mexanik asboblar (elektr P., elektr drel), parmalash stanoklari, to- karlik stanoklari, dastaki stanoklarga o’rnatib ishlatiladi.