Parlamentlararo ittifoq

Parlamentlararo ittifoq – turli davlatlarning milliy parlament guruhlarini birlashtiruvchi xalqaro (hukumatlar qaramog’ida bo’lmagan) tashkilotlardan biri. 1889 yil tuzilgan. Asosiy vazifalari: parlamentlar o’rtasidagi shaxsiy aloqalarni rag’batlantirish va xalqaro tinchlik hamda hamkorlikni mustahkamlash ishida birgalikda faoliyat ko’rsatish uchun ularni birlashtirish. Parlamentlararo ittifoq faoliyatida 110 dan ortiq davlatlarning parlament guruhlari qatnashadi. Parlamentlararo ittifoq kotibiyatining qarorgohi — Jenevada.