Parmenid (Parmenides) Eleyalik
Parmenid (Parmenides) Eleyalik (mil. AV. taxm. 540-480) — yunon fayla- Sufi, Eleya maktabi vakili. Anaksimandr va pifagorchilar b-n g’oyaviy yaqin bo’lgan. Falsafadan tashqari qonunshunoslik b-n qam shug’ullangan. P. Falsafasining asosida tafakkur b-n sezgilarni va shun- ga muvofiq ravishda tafakkur yordamida bilinadigan dunyo b-n sezgilar yordami- da bilinadigan dunyoni bir-biridan ke- skin farqlash yotadi. Tafakkur b-n unga muvofiq keladigan (fikrda aks etgan) dunyoni «bir butun», «yagona», abadiy va qo’zg’almas, bir xil, bo’linmas va tugal deb bilgan. Borliq va tafakkurning ay- nanligini ta’riflab berishga urindi. Garchi, dunyoni hissiy bilishni inkor etmagan bo’lsada, ammo uni falsafiy va ilmiy tushunish uchun faqat hissiyotning o’zi etarli emas deb ko’rsatdi. P. fikri- cha, akl-idrok haqiqat mezo-nidir. P.ga ko’ra, olamning asosida 2 birinchi ma- teriya; yorug’va faol olov xamda qorong’i va passiv massa yotadi, olam ularning qo’shilishidan paydo bo’lgan. P.ning aso- siy falsafiy asari «tabiat to’g’risida» dostonidir.