Parvana

Parvana — o’rtapishar xo’raki kishmish uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Kattaqo’rg’on va Xishrov kishmishi navlarini chatishtirib chiqarilgan (S.A.Pogosyan, S.S.Xachatryan, E.L.Martirosyan, V.I.Egizaryan). Bargi o’rtacha, 5 bo’lmali, osti tuksiz. Guli 2 jinsli. Uzum boshi o’rtacha va yirik, o’rtacha tig’iz. G’ujumlari yirik, cho’ziq-tuxumsimon, sarg’imtir, g’ubor bilan qoplangan. Kurtak ochganidan keyin 140— 145 kunda, faol harorat yig’indisi 3290-3345° da pishib yetiladi. Tupi o’rtacha o’sadi. Hosildorligi 160-170 ts/ ga va undan ortiq. Kasallik va zararkunandalarga chidamli o’rtacha, sovuqqa chidamli past. Yangiligida iste’mol qilinadi, mayiz solinadi.