Parvanov Georgi

Parvanov Georgi (1957.28.6, Sirishchnik shahri) — Bolgariya davlat arbobi. Sofiya universitetining tarix fakultetini tugatgan (1981). Tarix fanlari Doktori. Bolgariya Ijtimoiy tarix institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim (1981-91), Bolgariya sosialistax partiyasi (bsp) Oliy kengashi a’zosi, bsp Tarix va siyosatshunoslik tadqiqotlari markazi direktori (1991-94), «Demokratax so’llar» koalitsiyasining parlamentdagi fraktsiya yetakchisi (1997-2001), 2001 yil iyun—noyabrda «Bolgariya uchun» koalitsiya fraktsiyasi yetakchisi. Bsp raisi o’rinbosari, so’ng raisi (1994— 2001), 2002 yil 22 yanvardan Bolgariya Respublikasi prezidenti.