Pergolezi

Pergolezi, Pergoleze (taxallusi, asl familiyasi Dragi) Jovanni Batista (1710.4.1, Ezi, Ankona — 1736.17.3, Ne- Apol yaqinidagi Possu-oli) — italyan kompozitori, Neapolitan opera maktabining yirik vakili. Pergolezi -10 opera, kontsert, oratoriya, triosonatalar, diniy musika (jumladan, mashhur «Stabat mater «, 1735) va boshqalar muallifi. Buff opera asoschisi. Uning «cho’ri-beka» (1733) asari mazkur janrning dastlabki mumtoz namunasi bo’lib, boshqa mamlakatlarda xalqchil va demokratik operaning rivojlanishida muhim rol o’ynadi.